Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

Oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalari oqova suvlarini Eichhornia asosida tozalash jarayonlarini tadqiq etish

INOYATOVA, IrodaToshkent kimyo-texnologiya institutiISAKOVA, ShaxnozaToshkent kimyo-texnologiya institutiMAKSUMOVA, DilraboToshkent kimyo-texnologiya instituti
ABI

Annotatsiya

Suv resurslarini muhofaza qilish hamda ifloslangan suvlarni qayta ishlash ekologik barqarorlikni ta’minlashning asosiy omillaridan biridir. Ushbu maqolada Eichhornia (suv giatsinti) o‘simligining tabiiy biofiltr sifatida oqava suvlarni tozalashdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Laboratoriya sharoitida 16–20 °C haroratda o‘tkazilgan tajribalar natijalariga ko‘ra, Eichhornia suvdagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdorini 100 mg/l dan 10 mg/l gacha kamaytirishi, pH ko‘rsatkichini 7,0 dan 7,7 gacha oshirishi hamda biomassasini qariyb to‘rt barobarga ko‘paytirishi aniqlangan. Olingan natijalar Eichhornia o‘simligidan foydalanish oqava suvlarni ekologik xavfsiz va iqtisodiy jihatdan tejamkor tarzda qayta ishlash imkonini berishini ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu usul bilan tozalangan suvni sug‘orish va boshqa texnik maqsadlarda qo‘llash mumkinligi belgilangan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba