PROTEZ STOMATITINI DAVOLASHDA O'SIMLIKKA ASOSLANGAN BIOLOGIK PLYONKANING KLINIK AHAMIYATI
Annotatsiya
Dolzarbligi. Qisman yoki to‘liq tishsiz bemorlarni ortopedik reabilitatsiya qilishning eng ko‘p qo‘llaniladigan usullaridan biri sifatida suyuq olinadigan akril protezlar hozirgi kungacha klinik amaliyotda katta ahamiyatga ega. Ularning tayyorlanishi nisbatan sodda, narxi maqbul bo‘lib, chaynash funksiyasi va estetik ko‘rinishni tiklash imkonini beradi. Shu bilan birga, protezlarni uzoq muddat taqish protez turadigan soha shilliq qavatida turli patologik o‘zgarishlarni, eng avvalo protez stomatitini keltirib chiqaradi. Turli mualliflar ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu holat suyuq olinadigan protez taquvchilarining yarmidan ko’pida aniqlanadi. Kasallik etiologiyasi ko‘p omilli bo‘lib, yaxshi moslashtirilmagan protezning mexanik shikastlovchi ta’siri, protez bazasi sirtida mikrobiologik bioplyonka hosil bo‘lishi, Candida turkumiga mansub zamburug‘larning koloniya hosil qilishi, og‘iz va protez gigiyenasining yetarli emasligi hamda akril baza materiallaridagi qoldiq metilmetakrilat monomerining toksik ta’siri bilan bog‘liq.
Hali tarjima qilinmagan