Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

IJTIMOIY MUHIT VA SHAXS TAFAKKURI: MOSLASHUVCHAN FIKRLASHNING AHAMIYATI

Salayeva, DilafruzToshkent Amaliy fanlar universiteti psixologiya fakulteti 1-kurs magistranti
ABI

Annotatsiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada ijtimoiy muhitning shaxs tafakkuri shakllanishidagi o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Moslashuvchan fikrlash zamonaviy insonning ijtimoiy, madaniy va kasbiy sharoitlarda muvaffaqiyatli moslashuvi uchun zarur bo‘lgan kognitiv ko‘nikma sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda Vygotskiy, Piaget, Bandura, Dewey hamda zamonaviy O‘zbekiston olimlarining ilmiy qarashlari asosida tafakkurning ijtimoiy ildizlari yoritilgan. Sotsiologik so‘rov va kuzatuv natijalari ochiq va hamkorlikka asoslangan muhit shaxs tafakkurining adaptivlik darajasini oshirishi, yopiq muhit esa fikr mustaqilligini cheklashini ko‘rsatdi. Maqolada raqamli jamiyat sharoitida moslashuvchan fikrlashni rivojlantirish uchun ta’lim jarayonida reflektiv, innovatsion va kommunikativ yondashuvlarning ahamiyati asoslab berilgan. Natijalar shaxs tafakkurining ijtimoiy tajriba, madaniy muhit va raqamli savodxonlik bilan uzviy bog‘liqligini tasdiqlaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba