Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TA'LIM JARAYONIDA MOSLASHUVCHAN INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH NATIJASIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA EKOLOGIK TA'LIM-TARBIYANING RIVOJLANISHI

Abdullayeva Xalima AgzamovnaToshkent amaliy fanlar universiteti, Boshlang'ich ta'lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi o'qituvchisi
ABI

Annotatsiya

Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilarda tabiat resurslari asosida ekologik tushunchalarni shakllantirish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish madaniyatini tarbiyalash masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada o‘quvchilarda ekologik tafakkurni erta yoshdan rivojlantirish, tabiat hodisalarini kuzatish, o‘simlik va hayvonot olamiga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Maqolada o‘quvchilarning ekologik dunyoqarashini kengaytirishda o‘yin, tajriba, amaliy mashg‘ulotlar hamda STEAM yondashuvining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, boshlang‘ich ta'lim muassasalarida tabiat resurslaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda tabiatga mehr, javobgarlik hissi va estetik didni rivojlantirish bo‘yicha samarali metodik tavsiyalar berilgan. Maqola tabiat bilan uyg‘unlikda tarbiyalash jarayonining shaxsning ma’naviy, axloqiy va intellektual rivojiga ijobiy ta’sirini ochib beradi hamda ekologik tarbiya jarayonida pedagoglarning innovatsion yondashuvlarini qo‘llash zaruratini asoslaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba