Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

LOTIN TILINING ZAMONAVIY TIBBIY TA'LIMDAGI O'RNI: INTEGRATIV YONDASHUVLAR

Sayfullayeva Lola SobitovnaToshkent davlat tibbiyot universiteti Lotin tili va xorijiy tillar kafedrasi katta o"qituvchisiUsmonova Sitora Dilmurod qiziTDTU Stomatologiya fakulteti 110-A guruh talabasiMusurmonov Jamoliddin Faxriddin o'g'liTDTU Davolash ishi fakulteti 2-kurs talabasi,
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada lotin tilining zamonaviy tibbiy ta’lim jarayonidagi ahamiyati, uning klinik fanlar bilan bog‘liqligi va integrativ o‘qitishning samaradorligi tahlil qilinadi. Lotin tili tibbiy terminologiyaning universal va tarixiy jihatdan barqaror asosini tashkil qilib, anatomik tuzilmalar, farmakologik atamalar, klinik tashxislar va xalqaro tasniflar tizimida yetakchi o‘rin egallaydi. Integrativ yondashuvlar, ya’ni lotin tilini anatomiya, gistologiya, farmakologiya va klinik fanlar bilan bog‘lab o‘qitish talabalarning terminologik savodxonligini, ilmiy fikrlashini va klinik tafakkurini sezilarli darajada rivojlantirishi aniqlangan. Maqolada raqamli texnologiyalar, 3D anatomiya platformalari, keys-metodlar va klinik simulyatsiya kabi innovatsion vositalarning lotin tilini o‘qitishdagi o‘rni ham ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari lotin tilining zamonaviy tibbiy ta’limning ajralmas bo‘lagi ekanini, shuningdek, tibbiyot mutaxassislarining global muloqoti va ilmiy izlanishlari uchun muhim terminologik asos yaratishini tasdiqlaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba