Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

XALQ TABOBATINING ZAMONAVIY FARMAKOLOGIYADAGI O'RNI

Yodgorxo'jayeva, DiyoraxonToshkent Kimyo Xalqaro universiteti, tibbiyot fakulteti, Toshkent, O'zbekistonSaydaliyeva F.AToshkent Kimyo Xalqaro universiteti, tibbiyot fakulteti, Toshkent, O'zbekiston
ABI

Annotatsiya

So‘nggi yillarda tibbiyotda tabiiy manbalarga asoslangan dori vositalariga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Xalq tabobati insoniyat tarixida eng qadimiy davolash tizimlaridan biri bo‘lib, u o‘simliklar, hayvon mahsulotlari va tabiiy minerallarga asoslangan. Ko‘plab zamonaviy farmakologik preparatlar aslida xalq tabobatida qo‘llanilgan tabiiy moddalardan kelib chiqqan. Masalan, yurak kasalliklari uchun ishlatiladigan glikozidlar, og‘riqni kamaytiruvchi alkaloidlar, yallig‘lanishga qarshi flavonoidlar ilk bor aynan xalq tabobatida aniqlangan. Bundan tashqari, xalq tabobati aholining keng qatlamlari uchun qulay va arzon profilaktika vositasi sifatida ham katta ahamiyatga ega. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan ham an’anaviy tabobat sog‘liqni saqlash tizimining ajralmas qismi sifatida e’tirof etilgan va ko‘plab davlatlarda u zamonaviy tibbiyot bilan birgalikda qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston sharoitida ham xalq tabobatini ilmiy asoslash, standartlashtirish va farmatsevtik ishlab chiqarishga tatbiq etish yo‘nalishida ishlar olib borilmoqda.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba