Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBasetez oradaEkotizim uchun ochiq API
Maqola

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda rinosinusitning orbital asoratlari bo‘yicha klinik holat tahlili

Shaxnoza MamatovaPhD, assistent, Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent, O‘zbekistonJo‘rabek QurbonovMagistrant, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Toshkent, O‘zbekiston
ABI

Annotatsiya

Kichik yoshdagi bolalarda rinosinusit yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari fonida tez rivojlanadigan va orbital to‘qimalarga tarqalish xavfi yuqori bo‘lgan yallig‘lanish jarayonidir. Tadqiqot davomida 3 yoshgacha bo‘lgan bola misolida rinogen orbital asoratlarning klinik kechishi, diagnostikasida ultratovush tekshiruvi imkoniyatlari va davolash usullari baholandi. Chap tomonlama o‘tkir yiringli gaymoroetmoidit va chap qovoq ho‘ppozi aniqlangan bemorda konservativ terapiya fonida yiringli jarayonning regressiyasi qayd etildi. Ultrasonografiya sinus shilliq qavati qalinlashuvi, eksudat to‘planishi va pnevmatizatsiya dinamikasini baholashda samarali tekshiruvligi aniqlandi. Ushbu klinik holat erta tashxis qo‘yish, ko‘p tarmoqli yondashuv va nurlanishsiz vizualizatsiya metodlarining ahamiyatini tasdiqlaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba
Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada