TAROID O'ZAKLI CHIZIQLI HARAKAT IJRO ELEMENTLARINI MODELLASHTIRISH UCHUN SIM KESIMI, TOK ZICHLIGI VA TOK KO'TARISH QOBILIYATI ANIQLASH
Annotatsiya
TAROID O'ZAKLI CHIZIQLI HARAKAT IJRO ELEMENTLARINI MODELLASHTIRISH UCHUN SIM KESIMI, TOK ZICHLIGI VA TOK KO‘TARISH QOBILIYATI ANIQLASH Yigitaliyev Jaloliddin Adxamjon o‘g‘li, Abdullayev Mahmudjon Muxamedovich, Abdiyev Rasul Ernazar o‘g‘li Toshkent Davlat Texnika Universiteti E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17938755 Annotatsiya: Ushbu maqolada taroid o`zakli yuritmani chiziqli dvigatel o‘ramlari tuzilmasi modellashtiriladi, o‘ram simining optimal elektrik parametrlari hisoblab chiqiladi va dvigatel konstruktsiyasining amaliy ishlash xususiyatlariga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning alohida qismi sifatida sim diametri 2 mm bo‘lgan o‘tkazgichning kesim maydoni, tok zichligi diapazonlari va ruxsat etilgan tok qiymatlari aniqlanadi hamda standart jadvallar bilan taqqoslanadi. Natijalar dvigatelning barqaror ishlashi, issiqlik boshqaruvi va maksimal elektromagnit kuchni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan optimal parametrlarni tanlash imkonini beradi. Mazkur ish taroid o`zakli yuritmani loyihalash va ularning elektromagnit modellarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy–amaliy asos yaratadi, shuningdek, yuqori aniqlikdagi mexatronik tizimlarda ularni qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: Taroid, sim diametri, tok, zichlik, yuritma, diapazonlar, kuchlanish, magnit maydon, oqim,o’ram, ferromagnet, magnit qarshilik.