ELEKTROMOBILLAR DVIGATELLARINING TUZULISHI, ISHLASH PRINSIPI VA AFZALLIKLARI
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada elektromobillar dvigatellarining konstruktiv tuzilishi, ularning elektromagnit jarayonlarga asoslangan ishlash prinsipi hamda ichki yonuv dvigatellariga nisbatan ustunliklari tahliliy yondashuv asosida yoritiladi. Tadqiqotda elektrodvigatel turlarining energetik samaradorligi, boshqaruv tizimlari, regenerativ tormozlanish mexanizmlari va transportning ekologik barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan asoslab beriladi. Shuningdek, elektromobil texnologiyasining rivojlanish istiqbollari, mavjud cheklovlar va innovatsion yechimlar haqida ham xulosa chiqariladi. Maqola elektromobillar dvigatellarining fizik asoslari, texnik imkoniyatlari va iqtisodiy samaradorligini chuqur o‘rgangan holda, ularning zamonaviy avtomobilsozlikdagi o‘rnini yoritishga qaratilgan.