Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BARIATRIK JARROHLIKDAN KEYINGI GEMATOLOGIK KO'RSATKICHLARNI O`ZIGA XOS XUSUSYATLARI.

Saboxat MasharipovaToshkent Davlat Tibbiyot Universiteti gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi tayanch doktorantiShoira BabadjanovaTibbiyot fanlari doktori,Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti gemаtologiya, trаnsfuziologiya vа lаborаtoriya ishi kаfedrаsi professori
ABI

Annotatsiya

Bariatrik jarrohlik og‘ir semizlikni davolashda samarali usul bo‘lishiga qaramay, operatsiyadan keyingi davrda metabolik va gematologik o‘zgarishlar rivojlanishi mumkin. Ushbu o‘zgarishlar ko‘pincha klinik belgilar paydo bo‘lishidan oldin laborator ko‘rsatkichlar darajasida aniqlanadi. Ayniqsa eritrotsitar indekslarning dinamikasi mikrotsitar va gipoxrom anemiya shakllanishining erta belgilarini baholashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur tadqiqot bariatrik jarrohlikdan so‘ng gematologik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan Surgeland klinikasida 2025-yilda bariatrik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan 120 nafar bemorni qamrab oldi. Barcha bemorlarda umumiy qon tahlillari jarrohlikdan oldin va jarrohlikdan keyin bir xil sharoitlarda o‘tkazildi. Gemoglobin, gematokrit, eritrotsit rang ko‘rsatkichi, o‘rtacha eritrotsit hajmi, eritrotsitdagi gemoglobinning o‘rtacha miqdori hamda eritrotsitlar o‘lchamlarining taqsimlanish kengligi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Olingan natijalar bariatrik jarrohlikdan keyingi davrda eritrotsitar indekslar darajasida muhim o‘zgarishlar yuzaga kelishini ko‘rsatadi hamda mikrotsitar tendensiyalarni erta aniqlashda laborator monitoringning ahamiyatini tasdiqlaydi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba