Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

HOMILADORLIK VAQTIDA PATALOGIK VAZN ORTISHI: AKUSHERLIK VA PERINATAL ASORATLAR (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA)

Ismoilova MadinaToshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Akusherlik va Ginekologiya yo'nalishi bo'yicha 2-kurs magistranti
ABI

Annotatsiya

Homiladorlik davrida tana vaznining ortishi fiziologik jarayon bo‘lib, ona organizmining homilani rivojlantirishga moslashuvi bilan bog‘liq. Biroq tana vaznining me’yoridan ortiqcha oshishi patologik holat hisoblanib, akusherlik va perinatal asoratlar rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ortiqcha vazn va semizlik homilador ayollarda arterial gipertenziya, preeklampsiya, gestatsion qandli diabet, tug‘ruq faoliyatining sustligi hamda perinatal o‘lim ko‘rsatkichlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Surxondaryo viloyati demografik jihatdan aholi zichligi yuqori bo‘lgan, tug‘ilish ko‘rsatkichlari nisbatan baland hududlardan biri hisoblanadi. Viloyatda reproduktiv yoshdagi ayollarning salomatligi, homiladorlikni olib borish sifati va perinatal xizmatlar samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biridir. Aholining ovqatlanish madaniyati, kamharakat turmush tarzi, metabolik buzilishlar va homiladorlikdan oldingi ortiqcha vazn patologik vazn ortishining asosiy xavf omillari hisoblanadi

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba