"INNOPROVET™" PROBIOTIGI QO'LLANILGAN TUXUM YO'NALISHIDAGI TOVUQLAR SON SUYAGINING POSTNATAL ONTOGENEZI
Annotatsiya
“INNOPROVET™” PROBIOTIGI QO‘LLANILGAN TUXUM YO‘NALISHIDAGI TOVUQLAR SON SUYAGINING POSTNATAL ONTOGENEZI Sh.Z.Doniyorov v.f.f.d., dotsent, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali S.Usinova magistr, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti X.Davlatov Magistr, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali https://doi.org/10.5281/zenodo.18084869 Annotasiya. Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar postnatal ontogenezida son suyagi uzunligi va og‘irliklarining o‘zgarish dinamikasi o‘rganilgan. Son suyagi ayrim morfometrik ko‘rsatkichlari tovuqlar postnatal rivojlanishi davomida o‘ziga xos o‘sish dinamikasiga ega ekanligi aniqlandi. Son suyagi uzunligi va og‘irliklari postnatal ontogenezning dastlabki kunidan 16 kunligiga qadar jadal ortishi hamda bu holatni tovuqlarning fiziologik va jinsiy yеtilish davri, ya’ni 280 kunligigacha davom etishi, 280 kunligidan 570 kunligiga qadar o‘sish jadalligi ularning tuxum berish jarayonining kuchayishi bilan bog‘liq ravishda sekinlashishi kuzatilgan. Tovuqlar son suyagi ayrim morfometrik ko‘rsatkichlari “INNOPROVET™” probiotigi qo‘llanilgan tajriba guruhidagi tovuqlarda nazorat guruhidagilarga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlandi. Kalit soʻzlar: tovuqlar, Lohmann Sandy, kross, son suyagi, postnatal ontogenez, uzunlik, og‘irlik, oʻsish koeffisienti, mutloq ko‘rsatkich, mutloq og‘irlik.