Yarim o‘tkazgich materiallarning elektrofizik xossalarini Proteus dasturida modellashtirish
Annotatsiya
Kollej-texnikumlarda va pedagogika hamda elektronika sohasidagi oliy ta’limining ko‘plab sohalarida kompyuter texnalogiyalaridan foydalanilgan holda fizikaviy jarayonlar va tajribalarni modellashtirish usullari qarab chiqiladi. Fizik jarayonlarni Proteus dasturida modellashtirish o‘quvchilar va talabalarga ko‘pgina qulayliklar yaratadi. Proteus dastur texnologiyasidan o‘quv jarayonida foydalanishning imkoniyatlarini qarab chiqamiz. Proteus dasturi yordamida yarimo‘tkazgichli diodning volt-amper tavsivnomasini olish va ikki yarimli to‘g‘rilagich ishini o‘rganish hamda yarimo‘tkazgichli tranzistorning funksional generator sifatlarini o‘rganish kabi laboratoriya ishlari loyihalashtiriladi.
Hali tarjima qilinmagan