Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BOLALARDA VEZIKOURETERAL REFLYUKS DARAJASI VA TERAPEVTIK NATIJALARNI BAHOLASH

Shodmonov Sarvar Arslon o'g'liSamarqand davlat tibbiyot universiteti M.A.Axmedov nomidagi 2- bolalar xirurgiyasi kafedrasi assistenti. O'zbekiston, Samarqand shahri, Amir Temur ko'chasi 18, Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected]Axmedov Islomjon YusufjonivichSamarqand davlat tibbiyot universiteti M.A.Axmedov nomidagi 2- bolalar xirurgiyasi kafedrasi assistenti. O'zbekiston, Samarqand shahri, Amir Temur ko'chasi 18, Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected]Xayitov Ulug'bek XujaqulovichSamarqand davlat tibbiyot universiteti M.A.Axmedov nomidagi 2- bolalar xirurgiyasi kafedrasi kata o'qituvchisi. O'zbekiston, Samarqand shahri, Amir Temur ko'chasi 18, Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected]Maxmaraximov SuxrobSamarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi. O'zbekiston, Samarqand shahri, Amir Temur ko'chasi 18, Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected]
ABI

Annotatsiya

Bolalarda vezikoureteral reflyuks darajasi va terapevtik natijalarni baholash Shodmonov Sarvar Arslon o’g’li- [email protected] Axmedov Islomjon Yusufjonivich Samarqand davlat tibbiyot universiteti M.A.Axmedov nomidagi 2- bolalar xirurgiyasi kafedrasi assistenti. O‘zbekiston, Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi 18, Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected] Xayitov Ulug’bek Xujaqulovich Samarqand davlat tibbiyot universiteti M.A.Axmedov nomidagi 2- bolalar xirurgiyasi kafedrasi kata o’qituvchisi. O‘zbekiston, Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi 18, Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected] Maxmaraximov Suxrob Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi. O‘zbekiston, Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi 18, Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18313694 ANNOTATSIYA: Dolzarbligi.Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (SVBKTTM) davolangan pediatrik bemorlarda vezikoureteral reflyuks (VUR) bo‘yicha qo‘llanilgan davolash yondashuvlarini tahlil qilish hamda reflyuks darajasiga mos optimal davolash usulini aniqlash ushbu tadqiqotning asosiy maqsadini tashkil etdi. Tadqiqot 2015–2025 yillar oralig‘ida yuqori darajali VUR tashxisi bilan davolangan 0–15 yoshdagi 90 nafar bemorda o‘tkazilgan kuzatuvli va tavsifiy xarakterga ega bo‘ldi. Ma’lumotlar Etika qo‘mitasining ruxsati asosida, shifoxona tomonidan taqdim etilgan anonimlashtirilgan klinik axborotlar orqali yig‘ildi. Natijalarga ko‘ra, davolash yondashuvi bilan demografik ko‘rsatkichlar o‘rtasida sezilarli bog‘liqlik aniqlanmadi. Ochiq jarrohlik amaliyotlarida operatsiya davomiyligi laparoskopik usulga nisbatan qisqaroq bo‘ldi, biroq jarrohlik yondashuvi turi reflyuksni bartaraf etish samaradorligiga muhim darajada ta’sir ko‘rsatmadi. Shu bilan birga, reflyuksning V darajasi uning muvaffaqiyatli bartaraf etilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib (p=0,003), ushbu guruhdagi bemorlarda muvaffaqiyatsizlik ehtimoli 91% ga yuqori ekanligi qayd etildi. Tadqiqotda ishtirok etgan bemorlarning 53,3% ini 6 yoshdan katta bolalar tashkil etdi, ularning aksariyati Samarqand viloyati va qo‘shni hududlardan yo‘llangan. Operatsiya davomiyligi asosan 1–2 soatni tashkil etdi, 77% holatda intraoperatsion asoratlar kuzatilmadi va 75,5% bemorda reflyuks to‘liq bartaraf etildi. VURning yuqori darajasi kasallikning qaytalanishi hamda qayta jarrohlik aralashuviga ehtiyoj tug‘ilishining muhim prognostik omili sifatida baholandi. Kalit so‘zlar: vezikoureteral reflyuks, siydik nayi reimplantatsiyasi, laparoskopik jarrohlik, ochiq jarrohlik texnikasi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba