Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ROSSIYA IMPERIYASI MA'MURIYATIDA TARJIMONLAR MASALASIGA DOIR HUJJATLAR TAHLILI (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA)

Sherzod TANGIROVSharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
ABI

Annotatsiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasini boshqarish siyosati, undagi tarjimonlar faoliyati, huquqiy asoslari va amaliy faoliyati tarixiy manbalar hamda arxiv hujjatlari asosida tahlil qilingan. Mustamlaka ma’muriyati uchun mahalliy tillarni bilmaslik jiddiy to‘siq bo‘lganligi, bu holat tarjimonlarga nisbatan katta ehtiyoj uygʻotganligi va ularning faoliyati ko‘p qirrali vazifalarni qamrab olganligi yoritib berilgan. Maqolada “Yozma tarjimon” va “So‘zli tarjimon” lavozimlari, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida qabul qilingan nizom va buyruqlar orqali tarjimonlarni tartibga solishga oid siyosat tahlil etilgan. Shu bilan birga, tarjimonlar yetishmasligi, malaka pastligi, tarjima xatolari va korrupsion holatlar ma’muriy boshqaruv samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi arxiv materiallari va o‘sha davr matbuot ma’lumotlari asosida ko‘rsatilgan. Tayanch so‘zlar: tarjimonlar, til siyosati, rus tilidagi boshqaruv tizimi, mustamlaka ma’muriyati, arxiv hujjatlari, rus tili, mahalliy tillar.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba