O‘QUVCHILARNI CHET TILI ORQALI IJTIMOIYLASHTIRISH TUSHUNCHASI: MOHIYAT VA JARAYON
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘quvchilarni chet tili orqali ijtimoiylashtirish jarayoni, uning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyati, hamda chet tili ta’limida qo‘llaniladigan pedagogik yondashuvlar batafsil ko‘rib chiqiladi. Chet tilini o‘rganish o‘quvchilarga nafaqat muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki boshqa madaniyatlarni anglash, o‘zaro hurmat va tolerantlikni shakllantirish, hamda global dunyoga integratsiyalashuv uchun imkoniyat yaratishi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada chet tili darslarida ijtimoiylashtirish jarayonini samarali tashkil etish yo‘llari taklif qilinadi. Ushbu maqola chet tili o‘qituvchilari va pedagoglar uchun o‘quvchilarni chet tili orqali ijtimoiylashtirishning mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada chet tili ta’limining ijtimoiy-madaniy jihatlari, o‘quvchilarda ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni jamiyatning faol a’zolariga aylantirishda chet tilining roli tahlil qilinadi. Shuningdek, chet tili darslarida o‘quvchilarni ijtimoiylashtirish uchun interaktiv metodlar, loyihali ta’lim, madaniy tadbirlar va boshqa pedagogik strategiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Hali tarjima qilinmagan