Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI INNOVATSION FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH JARAYONI

ABI

Annotatsiya

Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yaratilayotgan sharoitlar va zamonaviy oʻzgarishlar barcha imkoniyatlardan foydalanish, oʻziga va faoliyatiga talabchan boʻlish, ota-onalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, kasbiy mahoratni egallash, oʻzini oʻzi rivojlantirish hamda oʻz qobiliyati va imkoniyatlarini toʻliq ishga solish imkonini beradi. Bu esa malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni oshirmoqda. Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlillar bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovini taʼminlash, tashkilotlarni zamonaviy oʻquv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash, malakali pedagogik va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini koʻrsatmoqda. Eʼtibor maktabgacha taʼlim tashkilotlarini takomillashtirish, sifatli taʼlimdan teng foydalanish imkoniyatini taʼminlash va nodavlat sektorni rivojlantirishga qaratilmoqda.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba