INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI XALQARO HUQUQ SOHASIGA OID LEKSIK BIRLIKLARNING DIAXRON TADQIQI
Annotatsiya
Ushbu maqola ingliz va oʻzbek tillaridagi xalqaro huquq sohasiga oid leksik birliklarning diaxron tahliliga bagʻishlangan. Tadqiqot xalqaro huquqiy terminlarning tarixiy taraqqiyoti, lingvistik xususiyatlari va tillararo oʻzaro taʼsir jarayonlarini oʻrganishga qaratilgan. Huquqiy terminlarning etimologik kelib chiqishi, semantik oʻzgarishlari va standartizatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada xalqaro huquqiy leksikaning evolyutsiyasi tarixiy-komparativ, semantik va kognitiv yondashuvlar asosida oʻrganilib, tarjima va ekvivalentlashuvi bilan bogʻliq muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari xalqaro huquqiy terminologiyaning izchilligini taʼminlash va tillararo huquqiy muloqotni rivojlantirishga hissa qoʻshadi.