INSON QADRINI YUKSALTIRISH VA ERKIN FUQAROLIK JAMIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquq hamda erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy kafolatlari, ularning shaxsiy daxlsizlik va odil sudlovga boʻlgan huquqlarini taʼminlash masalalari, hokimiyat tarmoqlari oʻrtasida mutanosiblik va barqaror muvozanatga erishish, jinoiy, maʼmuriy jazo tizimini izchil erkinlashtirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro institutlar tomonidan ularning faoliyati, xalqaro hujjatlarning ahamiyati, Xalqaro konvensiyalardagi inson huquqlarini belgilovchi normalar ularning huquqiy mexanizmlari, shartnomalar yoritib oʻtilgan. Shuningdek, har bir davlatning oʻz yurisdiksiyasi doirasida fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar berib oʻtilgan.