MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIY ODOBINI SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy odobini shakllantirish bo‘yicha xorijiy tajribalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda turli mamlakatlarning yondashuvlari, jumladan, Finlandiya, Yaponiya, AQSh va Germaniyada qo‘llanilayotgan samarali pedagogik amaliyotlar ko‘rib chiqiladi. Tabiiy o‘yinlar, muloqot va hamkorlikka asoslangan metodlar, shuningdek, oilaviy hamkorlikka yo‘naltirilgan dasturlar alohida tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun foydali yo‘nalishlarni belgilashda amaliy yordam beradi. Mazkur maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy odobini shakllantirishda xorijiy tajribalardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bu borada milliy ta’lim tizimimiz uchun qimmatli tavsiyalarni taklif etadi.