Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

IJTIMOIY TENGLIK TUSHUNCHASI (INGLIZ UTOPIYALARI VA O‘ZBEK DOSTONLARI MISOLIDA)

ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot Oʻzbek xalq dostonlari va ingliz utopiyalarida ijtimoiy tenglik tushunchasining lingvistik va badiiy aks ettirilishini oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqotda, ijtimoiy tenglik gʻoyasi qanday badiiy va lingvistik vositalar orqali ifodalanganligi, obrazlar tizimi, leksik birliklar va badiiy tasvir vositalari tahlil qilinadi. Oʻzbek xalq dostonlarida ijtimoiy tenglik adolat, jamoaviylik va xalqqa xizmat qilish kabi gʻoyalar orqali aks etgan boʻlsa, ingliz utopiyalarida esa ideal jamiyatni yaratish va ijtimoiy tizimlarni mukammallashtirishga qaratilgan yondashuv ustunlik qilgan. Tadqiqotda bu ikki adabiy yoʻnalishning umumiy va farqli jihatlari, shuningdek, har bir madaniyatda ijtimoiy tenglik gʻoyasining talqini koʻrib chiqiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba