VOLFGANG BORXERT: INSONIY TUYG‘ULAR VA URUSH FOJEALARINING BADIIY IFODASI
Annotatsiya
Borxertning asarlari bugungi zamonaviy o‘quvchi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Insoniy tuyg‘ularni tasvirlashdagi universallik, ijtimoiy va falsafiy masalalarga yondashuv hozirgi dunyo muammolari bilan hamohang. Ushbu maqolada Borxertning o‘ziga xos tili va ifoda uslubi nafaqat urush avlodini, balki hozirgi o‘quvchilarni ham insoniylik haqida chuqur mulohaza yuritishga undaydigan fikrlar haqida gap boradi. Adabiyotshunoslikda Borxertning ijodini baholashda turli qarashlar mavjud. Ba’zilar uni “erta yetilgan, ammo tugallanmagan” yozuvchi deb ataydi. Biroq uning asarlaridagi mavzular va uslublarning xilma-xilligi bunday yondashuvni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Borxert o‘z asarlarida badiiy va estetik yetuklikni qo‘lga kiritgan yozuvchi sifatida qayta baholanishi kerak degan fikrdamiz.