Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

AXLOQIY QADRIYATLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

ABI

Annotatsiya

Axloqiy qadriyatlar har bir xalqning madaniy merosi va ma'naviy boyligini aks ettiruvchi muhim omillardandir. Ular til va madaniyatning uzviy bog‘liqligini namoyon etadi, chunki axloqiy qadriyatlar til birliklarida, masalan, maqollar, matallar, iboralar va metaforalarda mujassam topadi. Lingvokulturologiya fanining dolzarb yo‘nalishlaridan biri bu qadriyatlarning til va madaniyat o‘zaro ta’sirida shakllanishi va rivojlanishini o‘rganishdir. Mazkur mavzuda axloqiy qadriyatlarning milliy va universal ko‘rinishlari tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlar xalqning tarixiy, diniy va an'anaviy xususiyatlari asosida shakllansa, universal qadriyatlar insoniyat uchun umumiy bo‘lgan fazilatlarni o‘z ichiga oladi. Til orqali axloqiy qadriyatlarning avloddan-avlodga uzatilishi va ularning madaniy xotiradagi ahamiyati ham tadqiq qilinadi. Shu bilan birga, lingvokulturologik tahlil axloqiy qadriyatlarning xalq mentaliteti va dunyoqarashidagi rolini aniqlashga xizmat qiladi. Mazkur mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, qadriyatlarning tildagi ifodasini chuqurroq tushunish va ularni asrab-avaylashda muhim ahamiyatga ega.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba