MAMLAKAT IQTISODIYOTI BARQARORLIGINI TAʼMINLASHDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING ROLI
ABI
Annotatsiya
Maqolada barcha mamlakatlar uchun ustuvor boʻlgan energiya xavfsizligi va barqaror rivojlanishga toʻsqinlik qilayotgan asosiy masalalar atroflicha koʻrib chiqiladi. Xususan, global iqlim oʻzgarishi va tabiiy resurslarning tugab borishi sharoitida import qilinadigan tabiiy gaz va neftga tayanadigan mamlakatlarning qaramligini sezilarli darajada kamaytirish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga, jumladan quyosh va shamol energiyasidan foydalanishga oʻtish strategiyasi taklif etilmoqda. Bunday oʻtish nafaqat barqaror energetika infratuzilmasini yaratish, balki atrof-muhitga salbiy taʼsirni minimallashtirishga yordam beradi, mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash imkonini yaratadi.
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba