Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING AYLANMA MABLAGʻLARINI SHAKLLANTIRISH VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH USULLARI

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Oʻzbekistondagi kichik biznes subyektlarining aylanma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish usullari tahlil qilingan. Maqolada kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati, ish oʻrinlari yaratish, mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarish va iqtisodiy rivojlanishga qoʻshgan hissasi koʻrsatilgan. Kichik biznes subyektlarining faoliyatini samarali davom ettirishdagi muammolar, moliyaviy manbalarning yetarliligi, debitorlik qarzlari va naqd pul resurslarini boshqarish masalalari muhokama qilingan. Maqolaga kiritilgan jadvallarda Oʻzbekistondagi kichik biznes subyektlarining demografiyasi va aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Shuningdek, maqolada zamonaviy moliyaviy texnologiyalar va kraudfandingning aylanma mablagʻlarni shakllantirishdagi ahamiyati koʻrsatiladi. Ijobiy natijalarga erishish uchun debitorlik qarzlarini nazorat qilish, pul mablagʻlarini oshirish va faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba