Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBasetez oradaEkotizim uchun ochiq API
Maqola

MIRZO ULUGʻBEK RASADXONASIGA OID MAʼLUMOTLARNING TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYIDA YORITILISHI

ABI

Annotatsiya

Mirzo Ulugʻbekning ilmiy faoliyatini aks ettiruvchi bir qancha ashyolar Temuriylar tarixi davlat muzeyida saqlanmoqda. Jumladan, rasadxona maketi, uning surati, “Ziji jadidi Koʻragoniy” kitobi, yulduzlar globusi nusxasi, usturlob, qaychi, chizmachilik asbobi, qalam kabi eksponatlar namoyish etib kelinmoqda. Mazkur maqolada asosan rasadxonaga oid faktlar hamda fikrlar yuzasidan mulohazalar bildirib oʻtiladi. Xususan, kvadrant haqidagi maʼlumotlarga koʻproq eʼtiborni qaratgan holda, unga oid tahliliy fikrlar taqdim etiladi. Ilmiy ishning natijasi sifatida observatoriya kvadrantiga oid turlicha qarashlardan iborat masalaga yechim berishga harakat qilinadi. Shuningdek, rasadxonada erishilgan ilmiy natijalarga nisbatan berilayotgan baho turlicha boʻlgani bois, Mirzo Ulugʻbekning astronomiya fani rivojiga qoʻshgan hissasini xolis eʼtirof etish uchun oʻrta asr davri sharoiti va boshqa bir qancha asosli sabablar maqolada tahlil etiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba
Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada