BOSHLANGʼICH SINF OʼQUVCHILARINI KITOBGA QIZIQTIRISH: SAMARALI USULLAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kitoblarga boʻlgan qiziqishni rivojlantirish boʻyicha zamonaviy usullar tahlil qilinadi. Oʻqishga boʻlgan muhabbatni shakllantirish nafaqat bolalarning bilim olishiga yordam beradi, balki ularning kognitiv, ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Qulay va jozibador oʻqish muhitini yaratish, oʻyin asosida oʻqitish, interaktiv raqamli vositalardan foydalanish, audiokitoblar, elektron kitoblar, oʻyinlashtirilgan ilovalar, shuningdek, AR texnologiyalari orqali kitoblarni jonlantirish usullari bolalarda oʻqishga boʻlgan ishtiyoqni oshirishi mumkin. Maqola zamonaviy texnologiyalar yordamida oʻqishni qiziqarli va boy tajribaga aylantirish imkoniyatlarini koʻrsatadi va ota-onalar hamda oʻqituvchilar uchun amaliy tavsiyalar beradi.