Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

MUMTOZ MAQOM SANʼATI: MILLIY MEROS VA UNING TAʼLIMDAGI RIVOJI

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqola Oʻzbekiston milliy maqom sanʼatining tarixiy ahamiyati, uni asrash va rivojlantirish yoʻnalishidagi muhim chora-tadbirlarga bagʻishlangan. Unda milliy maqomlarimizning xalqimiz maʼnaviy hayotidagi oʻrni, badiiy falsafasi va tarixiy qadriyatlarini yoritishga alohida eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni mazmuni ochib berilgan. Maqolada maqom taʼlimining dolzarb masalalari, xususan, maqom sanʼatini boshlangʻich bosqichdan oʻrgatish, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda taʼlim jarayonining rivojlanishi va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, maqom ijrochiligi va nazariyasi oʻrtasidagi bogʻliqlik, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tatbiqi, ilmiy-uslubiy qoʻllanmalarni yaratish zarurati muhokama qilingan. Ushbu maqola milliy maqom sanʼatini asrash va yangi avlodga yetkazish yoʻlida muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlib, maqom taʼlimining rivoji, milliy va umumbashariy madaniyat bilan integratsiyasi borasidagi dolzarb masalalarni qamrab oladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba