Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

LOVIYA (PHASEOLUS VULGARIS L) UNIDAN NON VA SHIRINLIK MAHSULOTLARINI TAYYORLASH SAMARADORLIGI

ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Samarqand sharoitida o‘stirilgan oddiy loviya (Phaseolus vulgaris L.) urugʻi unidan tayyorlangan non va shirinlik mahsulotlarining samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi-loviya unidan tayyorlangan pishiriqlarning iste’molchilar tomonidan qabul qilinish darajasini baholashdan iborat. Loviya tarkibidagi foydali moddalar, jumladan, vitaminlar, minerallar va fitokimyoviy birikmalar uning ozuqaviy qiymatini oshirib, qandli dabet, semizlik va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi. Tadqiqot doirasida besh xil formuladagi pishiriqlar ishlab chiqilib, ularning orgonoleptik xususiyatlari degustatsion taxlil orqali baholandi. Ushbu tadqiqotda 5 xil pishiriqlardan 2- va 6-namuna respondentlar tomonidan eng yaxshi baholangan namuna bo‘ldi va ushbu namunalarni ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, loviya unining yuqori miqdori mahsulotning ta’m xususiyatlariga sezilarli ta’sir qiladi, shu bois iste’molchilarning didiga moslashtirish uchun ingredientlar balansini o‘zgartirish nazarda tutilgan. Ushbu tadqiqot natijalari O‘zbekistonda to‘g’ri ovqatlanishni rivojlantirish va dukkakli mahsulotlarni kengroq iste’mol qilishni targ’ib etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba