Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

JALOLIDDIN RUMIY: TURKISTON VA ANADOLU OʻRTASIDAGI MAʼNAVIY KOʻPRIK

ABI

Annotatsiya

Jaloliddin Rumiyning boy falsafiy-maʼnaviy merosi jahon falsafasi va madaniyatiga qoʻshgan hissasi bilan beqiyosdir. Yetti asrdan ortiq vaqt davomida uning shaxsiyati va ilmiy-maʼnaviy merosi Sharq hamda Gʻarb olamida keng qiziqish uygʻotib kelmoqda. Oʻrta asrlar musulmon Sharqining ulugʻ mutafakkiri, alloma va tasavvufiy falsafa vakili boʻlgan Jaloliddin Rumiyning merosi bugungi kunda ham maʼnaviyatga tashna boʻlgan qalblarni oʻz ziyosi bilan yoritib kelmoqda. Uning falsafiy mushohadalari, tasavvufiy tafakkuri va maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish uchun avvalo uning hayot yoʻli, shaxsiyati va tasavvufiy qarashlarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan tarixiy, ijtimoiy va madaniy omillarni tahlil qilish zarur. Ushbu tadqiqotda Jaloliddin Rumiyning hayoti, falsafiy va tasavvufiy qarashlari tarixiy-biografik tahlil va qiyosiy metodlar asosida oʻrganilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba