Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ROSSIYA IMPERIYASINING SIRDARYO VILOYATIDA OLIB BORGAN MAʼMURIY-SIYOSIY BOSHQARUV TIZIMI (XIX ASRNING IKKINCHI YARMI – XX ASR BOSHLARI)

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Rossiya imperiyasining oʻlkani boshqarish sohasida amalga oshirgan siyosatidan koʻzlangan asosiy maqsad oʻlkada imperiya hukmronligini mustahkamlash, mustamlaka boshqaruviga yaqinlashtirish, unga mos mablagʻ sarflab, koʻproq foyda olish, oʻlkada mustamlakachilar manfaatlarini toʻliq himoya qilish, bu hududdan kelgusida iqtisodiy, siyosiy va harbiy maqsadlarda foydalanish boʻlganligi yoritilgan. Podsho Rossiyasi tomonidan Turkiston oʻlkasida amalga oshirilgan maʼmuriy - hududiy boʻlinishda oʻlkaning tabiiy, tarixiy iqtisodiy va milliy xususiyatlari hisobga olinib, u haqli ravishda harbiy-byurokratik xususiyatga ega boʻlganligi koʻrsatib berilgan. Chor Rossiyasining maʼmuriy-siyosiy boshqaruv tizimi umumimperiya tadbirlarining bir qismi boʻlgani holda ular manfaatlariga xizmat qilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba