QO‘L MEHNATIDA NOAN’ANAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA IJODIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy faollikni rivojlantirishda qo‘l mehnatining ahamiyati, xususan, noan’anaviy texnologiyalar yordamida samaradorlikka erishish masalasi tahlil qilinadi. An’anaviy mashg‘ulotlarga qaraganda bolalarda ko‘proq qiziqish uyg‘otuvchi noan’anaviy texnologiyalar — rangli qum, tuzli rasm chizish, barmoqlar bilan bo‘yash, tabiiy materiallardan kompozitsiyalar tuzish, chiqindilarni qayta ishlash orqali yaratish va boshqa usullar qo‘llanilgan. Tadqiqot davomida bolalarning ijodiy tafakkuri, mustaqil yondashuvi, estetik didi va yaratuvchanligi bu kabi texnologiyalar yordamida sezilarli darajada rivojlanishi kuzatildi. Maqolada nazariy tahlil, kuzatuv va eksperimental usullarga asoslangan holda bolalarning ijodiy faolligini shakllantirish bo‘yicha samarali metodik yondashuvlar ishlab chiqilgan. Olingan natijalar noan’anaviy texnologiyalar orqali maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan qo‘l mehnati mashg‘ulotlarini yangicha tashkil etish zaruratini asoslab beradi.