Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

SHAXSNI ERKIN RIVOJLANTIRISH HUQUQI: OʻZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA IFODALANISHI VA XALQARO HUQUQIY NORMALAR BILAN UYGʻUNLIGI

2025uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda har bir shaxsning oʻz shaxsini erkin rivojlantirish huquqining konstitutsiyaviy mohiyati va xalqaro-huquqiy normalardagi oʻrni tahlil qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalari asosida ushbu huquqning mazmuni ochib berilgan va uni BMT Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt hamda Yevropa Inson huquqlari konvensiyasidagi normalar bilan qiyosiy tahlil qilish orqali huquqiy uygʻunlik darajasi baholangan. Shuningdek, xorijiy davlatlar konstitutsiyalarida ushbu huquqning ifodalanishi oʻrganilib, Oʻzbekiston qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari surilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba