Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TEODOR DRAYZERNING “BAHTIQARO KERRI” VA ZULFIYA QUROLBOY QIZINING “OYIMTILLA” ROMANLARIDA GENDER MUAMMOSI

Dilorom MAMATOVAQarshi davlat texnika universiteti o‘qituvchisi
ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Teodor Drayzerning “Baxtiqaro Kerri” hamda Zulfiya Qurolboy qizining “Oyimtilla” romanlari asosida gender muammosining badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor ikki turli madaniyat va davrda yaratilgan asarlarda ayol obrazining qanday tasvirlanganiga, ularning jamiyatdagi o‘rni, orzulari, ijtimoiy bosimlarga nisbatan munosabati va erkinlikka intilish yo‘llariga qaratiladi. “Baxtiqaro Kerri” romanida ayolning shaxsiy yuksalishi, mustaqillikka intilishi va erkaklar dunyosida o‘z yo‘lini topishga bo‘lgan harakati tasvirlansa, “Oyimtilla” romanida esa milliy qadriyatlar, an’anaviy oilaviy qarashlar va ayol taqdiri o‘ziga xos dramatizm bilan yoritiladi. Maqolada shuningdek, ayol obrazlarining ruhiy holati, ularning ichki kurashi va tashqi ijtimoiy cheklovlarga qarshi kurashish jarayoni orqali gender tengsizligi muammosi o‘rganiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba