Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

5-FTORURATSILNING 3-FTOR 4-NITRO N-XLORATSETIL ANILIN ASOSIDAGI YANGI HOSILASINI SINTEZ QILISH VA BIOLOGIK FAOLLIGINI O’RGANISH

ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada 3-ftor 4-nitro anilinning xloratsetillash mahsulotining 5-ftoruratsil bilan reaksiyasi yordamida yangi birikma sintez qilindi. Jarayon 2-bosqichda amalga oshirilgan bo‘lib, dastlab 3-ftor 4-nitro anilinning xloratsetillash reaksiyasi o‘tkaziladi va ikkinchi bosqichda olingan birikmaning 5-ftoruratsil bilan reaksiyasi asosida yangi mahsulot sintez qilindi. Mahsulotning tuzilishi 1H, 13C YaMR, IQ va Mass spektrometriya usullari yordamida tasdiqlandi. Olingan mahsulotning suyuqlanish harorati, reaksiya unumi, eruvchanligi aniqlandi va biologik faolligini tekshirish uchun 2 ta saraton hujayrasi: HT-29 (yo‘g‘on ichak saraton hujayrasi) va MCF-7 (ko‘krak saratoni hujayrasi)larda o‘rganildi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba