Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

SO‘FIZODA HAYOTI VA IJODI MIYON BUZRUK TALQINIDA

Burxon ABDULXAYROVMilliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada XX asrning 20-30-yillarida yashab ijod etgan adabiyotshunos olim Miyon Buzruk Solihovning o‘zbek jadid shoiri Muhammadsharif So‘fizoda hayoti va ijodini tadqiq etib yozgan risolasi bugungi kun nuqtai nazaridan tadqiq etildi. Ma’lumki, o‘tgan asrning 20-30-yillari yozuvchi shoirlar uchun ham ular ijodini tadqiq etgan adabiyotshunos olimlar uchun ham juda murakkab kechgan davr hisoblanadi. Binobarin, bu davrda yaratilgan asarlar ko‘pincha vulgarsotsiologizm illati bilan zararlangan hisoblanadi. Biroq bu kabi asarlar aytilgani singari nuqsonlar bilan dunyo yuzini ko‘rgan esa-da, ularda keltirilgan qimmatli dalil va mulohazalarni o‘rganish bugungi kun o‘zbek adabiyotshunosligi uchun muhim sanaladi. Chunonchi, ularni tahlil qilish orqali o‘zbek jadid ziyolilari va ular tomonidan yaratilgan badiiy va ilmiy asarlarda aks etgan g‘oya va qarashlarni xolis tadqiq etish imkonini beradi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba