Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

XITOY TILINI O‘QITISHDA O‘YIN METODINING AHAMIYATI

Diyoraxon ALIYEVAO‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi
ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada xitoy tilini o‘qitishda o‘yin metodining samaradorligi atroflicha tahlil qilinadi. O‘yin metodi chet tilini o‘rganishda motivatsiyani oshirish, interaktiv muhit yaratish va kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada o‘yin metodining asosiy tamoyillari, uning xitoy tilini o‘rganishda qo‘llanilishi, pedagogik va psixologik jihatlari hamda ta’lim jarayoniga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, o‘yin metodining an’anaviy va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi, uning turli yoshdagi o‘quvchilarga ta’siri va samaradorlik darajasi ko‘rib chiqiladi. O‘yin metodining lingvistik asoslari, xitoy tilining fonetik, leksik va grammatik jihatlarini o‘zlashtirishdagi o‘rni ham chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘yin metodi xitoy tilini o‘rganishda natijaviylikni oshiradi va o‘quvchilarning bilim olish jarayonini tezlashtiradi. Mazkur maqola til o‘qituvchilari, metodistlar va ta’lim sohasi tadqiqotchilari uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar