BAKTERIYALARNING FITOPATOGEN ZAMBURUG‘LARGA NISBATAN ANTIFUNGAL FAOLLIGI
Umida ISKANDAROVAO‘zbekiston Milliy universiteti talabasiRustambek ErgashevO‘zRFA Mikrobiologiya instituti kichik ilmiy xodimiDiyorbek QOSIMOVO‘zRFA Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, PhD
ABI
Annotatsiya
Fitopatogen zamburug‘larga qarshi mikrobiologik kurash – zamburug‘lar keltirib chiqaradigan o‘simlik kasalliklarini nazorat qilishning ekologik toza usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada tuproq namunalaridan bakteriyalar ajratib olish, ularning xususiyatlarini o‘rganish hamda ayrim fitopatogen zamburug‘larga nisbatan antifungal xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Ajratilgan mikroorganizmlardan Lysinibacillus sphaericus, Ochrobactrum intermedium va Bacillus sp. lar qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun xavfli bo‘lgan Fusarium solani, Alternaria sp., Verticillium dahlia kabi fitopatogen zamburug‘larga nisbatan yuqori antoganistik faollik namoyon qildi
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba