Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

«O‘TGAN KUNLAR»DAN BUGUNGACHA - QODIRIY IJODINING BARHAYOTLIGI

Hulkar SalimovaOsiyo Xalqaro universiteti tayanch doktoranti
ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning ijodi, o‘zbek romanchiligiga qo‘shgan hissasi va uning adabiy merosi tahlil qilinadi. Adibning hayoti va ijodiy faoliyatiga oid muhim faktlar, shuningdek, uning «O‘tgan kunlar» va «Mehrobdan chayon» romanlarining badiiy-estetik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Qodiriy asarlarida ijtimoiy tengsizlik, milliy o‘zlikni anglash, an’ana va zamonaviylik o‘rtasidagi ziddiyatlar, muhabbat va fojiaviy qismatlar mahorat bilan tasvirlangan. Shuningdek, maqolada Qodiriyning milliy adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi, jadidchilik g‘oyalari va uning Sovet hokimiyati bilan ziddiyatlari ham yoritiladi. Asardan keltirilgan parchalar orqali qahramonlarning xulq-atvori va adibning realizm uslubiga sodiqligi tahlil qilinadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba