2-XLORO-N-TOLILATSETAMID IZOMERLARINING BIOLOGIK FAOLLIKLARINI PASS ONLINE DASTURIDA O‘RGANISH
Annotatsiya
Toluidin izomerlarini xloratsetilxlorid bilan N-xloratsetillash reaksiyasi natijasida sintez qilingan 2-xloro-N-о-tolilasetamid, 2-xloro-N-m-tolilasetamid va 2-xloro-N-p-tolilasetamidlarining biologik faolliklari PASS online dasturida o’rganilgan. 2-Xloro-N-tolilasetamid izomerlarining organizmga bo'lgan nojo'ya va zaharlilik ta'sirlari, Pa va Pi qiymatlari aniqlangan. Bundan tashqari 2-xloro-N-tolilasetamid izomerlarining yurak-qon tomir va gepatobiliar tizimlarga ta'siri, saraton hujayralariga nisbatan moddaning sitozaharlilikligi natijalari olingan, viruslarga va zamburug’larga qarshi faolliklari o’rganilgan, olingan natijalar taqqoslangan. Natijalardan ma’lum bo’ldiki 2-xloro-N-о-tolilasetamid va 2-xloro-N-p-tolilasetamidlarining yuqoridagi kasalliklarga biologik faolligi bir-biriga yaqin va ba’zi kasalliklarga faqat bitta izomerda faollik berganligi kuzatilgan.