FIZIKAVIY MAYATNIK ORQALI OGʻIRLIK KUCHI TEZLANISHINI ANIQLASHDA TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada fizikaviy mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishi — ogʻirlik kuchi tezlanishi “g” ni aniqlash tajribasi bayon etilgan. Ishda tebranish davri, aylanish oʻqi masofasi va inersiya momenti hisobga olingan holda aniqlikni oshirishga doir turli metodlar tahlil qilinadi. Jumladan, oʻlchov xatolarini kamaytirish, tajriba takroriyligi, statistik yondashuv va optimal mayatnik shakllarini tanlash kabi omillar koʻrib chiqiladi. Tajriba natijalari asosida aniqlangan “g” qiymati nazariy qiymat bilan taqqoslanadi hamda eksperimental natijalarni ishonchliligi tahlil qilinadi. Ushbu yondashuv talabalarda ilmiy tajriba oʻtkazish koʻnikmalarini shakllantirish va oʻlchov madaniyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.