YANGI OʻZBEKISTONDA SHAXSNING RAQAMLI JAMIYATGA TRANSFORMATSIYALASHUVI
Annotatsiya
Ushbu maqolada Yangi Oʻzbekiston sharoitida raqamli jamiyat shakllanishi jarayonida shaxsning oʻrni, roli va transformatsiyasi tahlil etiladi. Raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va internet xizmatlarining jadal rivojlanishi shaxsiy hayot, mehnat faoliyati, taʼlim, ijtimoiy munosabatlar va fuqarolik faolligiga chuqur taʼsir koʻrsatmoqda. Muallif raqamli savodxonlik, axborot xavfsizligi, virtual muhitda ijtimoiylashtirish jarayonlari hamda raqamli tenglik masalalarini tahlil qilib, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya siyosatining shaxsiy rivojlanishdagi oʻrnini ochib beradi. Maqolada shuningdek, shaxsning raqamli identifikatsiyasi, elektron hukumat xizmatlaridan foydalanishi va raqamli kompetensiyalarni egallashi borasidagi muammolar va istiqbollar ham koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, shaxsning raqamli muhitda ongli ishtirokini taʼminlash uchun taʼlim tizimi, huquqiy baza va axborot madaniyatini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar beriladi.