BALIQCHILIK XO‘JALIKLARIDA IKKI PALLALI MOLLYUSKALARNING TARQALISHI
Annotatsiya
Mazkur maqolada baliqchilik xo‘jaliklarida ikki pallali mollyuskalar (Bivalvia) ning tarqalishi, ularning zichligi va ekologik ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida ushbu guruh vakillarining baliqchilik havzalarida tabiiy oziqa zanjirining muhim bo‘g‘ini sifatida ishtirok etishi, suvni filtrlash orqali uning sifatini yaxshilashdagi roli aniqlangan. Mollyuskalarning zichligi suv havzasining fizik-kimyoviy xususiyatlari, suv harorati, oziqlanish darajasi va gidrologik rejimga bevosita bog‘liqligi kuzatilgan. Maqolada Qashqadaryoning baliqchilik xo‘jaliklari misolida mollyuskalarning turlar tarkibi, ularning ekologik funksiyasi hamda baliqlarning ozuqa bazasini shakllantirishdagi ishtiroki tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari baliqchilik xo‘jaliklarida biologik resurslardan samarali foydalanish va ekotizim barqarorligini ta’minlashda amaliy ahamiyatga ega