Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

IMOMQULIXON DAVRI ASHTARXONIYLAR DAVLATINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA HARBIY-SIYOSIY HAYOTI

ABI

Annotatsiya

Ashtarxoniylar sulolasining xonlaridan boʻlgan Imomqulixonning hukmronlik davrini tarixchilar tomonidan eng yaxshi boshqaruv davri deb topilishi albatta bejiz emas. Imomqulixon davrida davlat hamma sohada bir qadar mustahkamlanib, ijtimoiy hayotda qonun ustuvorligi belgilandi. Davlat yaxlitligiga xavf soluvchi barcha omillar aniqlanadi va bartaraf etish ishlari jiddiy olib borildi. Ayniqsa koʻchmanchi qabilalarning bosqini yurtni naqadar xonavayron qilish taʼsiri baholanib, ularni izchil bartaraf etish uchun hatto qabilalarning ichki muammolaridan ham foydalanildi. Davlatning tashqi va ichki munosabatlarida tartib oʻrnatilishi, boshqa sohalarning rivojlanishiga turtki berdi. Ushbu maqolada Imomqulixon davrida Buxoro xonligining umumiy tarixi adabiyotlardan foydalangan holda koʻrib chiqiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba