Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

OʻZBEK FILOLOGIK TERMINOLOGIYASIDA -IZM QOʻSHIMCHASINING ETIMOLOGIK VA MORFOLOGIK TAHLILI

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada “-izm” qoʻshimchasining oʻzbek filologik terminologiyasidagi etimologik manbalari, morfologik shakllanishi, lingvistik funksiyasi hamda semantik jihatlari keng koʻlamda tahlil qilingan. “-izm” affiksining qadimgi yunoncha “-ismos”, lotincha “-ismus”, fransuzcha “-isme” shakllari orqali boshqa tillarga, jumladan rus va undan oʻzbek tiliga oʻtgan evolyutsion yoʻli izohlangan. Maqolada rus va ingliz manbalariga tayangan holda ushbu qoʻshimchaning ot, sifat va baʼzan feʼl asosidan yasalgan terminlarni shakllantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, transliteratsiya yoʻli orqali oʻzbek tiliga oʻzlashgan ilmiy, adabiy, falsafiy va stilistik terminlarning shakl va mazmun jihatidan milliy tilga moslashganligi koʻrsatiladi. Statistik tahlil asosida adabiyotshunoslik va tilshunoslik sohalariga oid jami 47 ta “-izm” qoʻshimchali terminlar aniqlanib, ularning kelib chiqish manbalari (lotin, yunon, fransuz, rus va b.), semantik guruhlari (adabiy oqimlar, til hodisalari, stilistik birliklar) boʻyicha taqsimoti jadval va grafiklar bilan koʻrsatilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba