Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

O‘ZBEKISTON MEDIASIDA BOLALARGA MO‘LJALLANGAN KONTENTLAR SIFATI

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston mediasferasida bolalar auditoriyasi uchun mo‘ljallangan kontentlar sifati tahlil qilinadi. Unda bolalar uchun ishlab chiqilgan materiallarning tarbiyaviy va axloqiy jihatdan to‘g‘ri shakllanganligi hamda bolalar yoshiga mosligi o‘rganiladi. Tadqiqot savoli quyidagicha: “O‘zbek mediasida bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlarning sifati qanday va ular bolalarning yoshiga, ehtiyojiga hamda tarbiyasiga mos keladimi?” Izlanishlar davomida Sifatiy tadqiqot metodlari jumladan, kuzatuv va kontent tahlili usullaridan foydalanildi. Shu maqsadda 50 ga yaqin ota-onalar ishtirokida onlayn so‘rovnoma o‘tkazilib, bolalar auditoriyasining asosiy ehtiyojlari va iste’mol qilinayotgan kontent turlari aniqlandi. Shuningdek kontent tahlillar natijasida, o‘zbek tilidagi bolalar materiallari yetarli emasligi, xorijiy kontentlar ustunligi va mahalliy qahramonlar kamligi aniqlandi. Ushbu izlanish yakunida O‘zbekistonda bolalar media makonining rivojlanishi zarur degan xulosaga kelindi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba