Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

SOVETLAR HUKUMRONLIGI YILLARIDA ICHKI ISHLAR IDORALARI TIZIMINING YUZAGA KELISH BOSQICHLARI VA FAOLIYATI

Mashhura TemirovaQo‘qon universiteti dotsenti
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Chor Rossiyasi va sovetlar hukumronligi yillarida O‘zbekistonda ichki ishlar idoralarining tashkil etishi jarayonlari, ularning dastlabki nomlanishi, vazifalari huquqiy asoslarini mustahkamlanishi, ichki ishlar sohasini takomillashtirish uchun respublikada olib borilgan islohatlar, qarorlar, farmonlar va ularning amaldagi natijalari ilmiy asosda tahlil etilgan. Shunidek, 1917 yil 13 dekabrda Turkiston Markaziy ijroiya qo‘mitasi tomonidan “Turkiston Respublikasining sovet milisiyasi to‘g‘risida”gi nizomi tasdiqlanganligidan keyingi jarajonlar to‘g‘risida so‘z boradi. XKSning 1918 yil 29 yanvarda Turkiston o‘lkasi “Zaxira kadrlarini yaratish va militsiyani qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi 17-sonli buyrug‘i e’lon qilinishi natijasida Yangi militsiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlash ishiga rahbarlik qilish uchun 1918 yil 30 yanvarda “Turkiston o‘lkasi shahar va tumanlari militsiya inspektori boshqarmasining bo‘limi” tashkil etilganligi va uning joylardagi ijrosi to‘grisidagi masalalar tahlil etilgan. Shuningdek maqolada sovetlar hukumronligining dastlabki yillaridagi respublikadagi jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari islohatlardan keyingi jarayonlar bilan aniq tahlillar asosida qiyosiy o‘rganilgan. Bundan tashqari olingan tahlil natijalari asosida ichki ishlar sohasi hodimlarini ish samaradorligini oshirishga doir taklif va xulosalar ishlab chiqilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba