Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASI BARQAROR RIVOJLANTIRISH KO‘RSATKICHLARINI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH VA PROGNOZLASH

Yulduzxon SultonovaQo‘qon univeristeti o‘qituvchisi
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada 2014–2024 yillar davomida Oʻzbekiston turizm sohasi ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, turizm daromadlarini aniqlovchi omillar oddiy eng kichik kvadratlar (OLS) regressiyasi yordamida baholanadi. Mustaqil o‘zgaruvchilar sifatida turizm sohasi yaratayotgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YQQ), O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni, turizmga kiritilgan investitsiyalar hajmi, turizm subyektlari (korxonalari) soni hamda aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi real daromadlar kiritildi. Regressiya natijalari turizm daromadlari asosan xorijiy sayyohlar oqimi va aholi daromadlari oʻsishi bilan ijobiy bog‘liqligini ko‘rsatdi – sayyohlar soni 1 foizga ko‘payganda turizm daromadlari taxminan 1,2 foizga oshishi aniqlangan. Shu asosda 2025–2029 yillar uchun prognoz tuzilib, 2029 yilga borib xorijiy sayyohlar soni 12 millionga yaqinlashsa, yillik turizm daromadlari 48 trillion so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Natijalar turizm infratuzilmasiga investitsiyalar va biznes subyektlari ko‘payishining salmoqli ta’siri namoyon bo‘lishi uchun ma’lum vaqt talab etilishini, shuningdek, pandemiya davridagi pasayishdan so‘ng soha tez tiklanayotganini ko‘rsatadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba