Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

IJODIY TAFAKKURGA TAYYORLOVCHI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR: MUAMMOLI VAZIYATLAR, LOYIHA ASOSLI YONDASHUVLAR, DRAMATIZATSIYA, INTERFAOL O‘YINLAR

Dilnoza InoyatovaQo‘qon universiteti “Ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi, tayanch doktorant
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini shakllantirishda muammoli vaziyatlar, loyiha asosli yondashuv, dramatizatsiya va interfaol o‘yinlar kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda nazariy tahlil, kuzatuv, so‘rovnoma va pedagogik eksperiment metodlari qo‘llanildi. Tajriba Farg‘ona viloyatidagi 96 nafar 2–3-sinf o‘quvchilari ishtirokida tashkil etilib, 12 hafta davomida texnologiyalar ketma-ket tatbiq etildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhi o‘quvchilarida ravonlik, originallik va tafsilotga boylik kabi ijodiy tafakkur komponentlarida 30–40% o‘sish qayd etildi. So‘rovnoma natijalari ham texnologiyalarning samaradorligini tasdiqladi. Tadqiqot J. Gilford, E. Torrance, L.S. Vygotskiy va Sh. Amonashvili nazariyalarini amaliy jihatdan isbotlaydi. Mualliflik g‘oyasiga ko‘ra, pedagogik texnologiyalar ijodiy tafakkurni faollashtirishda izchil, bosqichli va shaxsga yo‘naltirilgan muhitda qo‘llanganda eng samarali natija beradi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba