Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

MINTAQAVIY TAFOVUTLAR VA IQTISODIY RIVOJLANISHDA INVESTITSIYALAR O‘RNI

Nargiza YormonqulovaQo’qon Universiteti Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti tayanch doktoranti
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston hududlari misolida mintaqaviy tafovutlar muammosi va ularni bartaraf etishda investitsiyalar, kichik tadbirkorlik subyektlari va aholiga to’g’ri keluvchi jami daromadning o‘rni o‘rganiladi. Mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizliklar ijtimoiy barqarorlik, infratuzilma rivoji hamda mehnat resurslarining samarali taqsimoti kabi ko‘plab omillarga ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida investitsiyalarning mintaqaviy iqtisodiy ko‘rsatkichlarga qanday ta’sir qilayotgani, investitsiyalar yo‘naltirilgan hududlar va kam e’tibor qaratilgan mintaqalar o‘rtasidagi farqlar statistik ko‘rsatkichlar yordamida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari investitsiya siyosatini mintaqaviy rivojlanish strategiyalari bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Xulosa qismida esa mavjud muammolarning yechimi sifatida davlat tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tizimli chora-tadbirlar taklif etiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba